<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Hayot boʻronlarida
 Koʻngil toʻfonlarida.
 Yurak armonlarida
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!

[V2]
 Tirik jonmiz, bilmaymiz
 Ne xatolar qilmaymiz.
 Nechun xomush, kulmaymiz?
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!

[V3]
 U bilan uchrashgan kun
 Shay eding har ne uchun.
 Baxtimiz boʻlar butun
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!

[V4]
 Rabbimiz sodiq doim,
 Vofodor, solih doim.
 Sevgi asli Xudoim
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!

[V5]
 Ogʻir kunlar kelganda
 Vafoni qilmang kanda.
 Suyaning, bizlar banda
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!

[V6]
 Shukur deng, Sano ayting
 Imon-la Unga qayting.
 Sheʼrda ne maʼno, ayting?
 Ilk Sevgini yoʻqotmang!</lyrics>
<title>Ilk Sevgini yoʻqotman (anʼanaviy)</title>
</song>